Главная » 2015 » Сентябрь » 25

Turkiyada “aqlli” uyni fikr kuchi bilan boshqarish usuli yaratildi


  • News
  • 25 Сен 2015(20:13)
  • 411
  • 0
Turkiyaning Gazi universiteti olimi Eda Akman Aydin uyni imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun qulayroq qilishni o‘ziga maqsad qilib oldi.

Hamkasblari bilan birgalikda u miya ishlab chiqaradigan impulslarni skaner qilib, “aqlli” uy uchun buyruqlarga aylantiradigan qurilmani ishlab chiqdi.

Tizim elektr ensefalografga asoslangan bo‘lib, u inson nimadir qilmoqchi bo‘lganida miyadan chiqadigan P300 signalini tutib olishga qodir.

Elektr ensefalograf ekranga ulangan shlemga o‘rnatilgan. Miyada signal paydo bo‘lishi bilan displeyda uydagi qurilmalar, masalan, telefon, televizor va hokazo tasviri hosil bo‘ladi. Foydalanuvchi o‘ziga kerakli rasmni ko‘rgach, miya yana P300 signalini chiqaradi. So‘ng “aqlli” uy elektr ensefalograf orqali uzatilgan signal ta’sirida televizorni yoqishi yoki ekranga telefon raqamlari menyusini chiqarishi mumkin.
Всего комментариев: 0
avatar