Главная » 2016 » Январь » 24

Turkiyada rossiyalik biznesmenga tegishli ekanligi aytilayotgan superyaxta yonib ketdi (foto)


  • voydodaxek
  • 24 Янв 2016(02:24)
  • 477
  • 1

Rossiyalik biznesmenga tegishli ekanligi aytilayotgan superyaxta Turkiyaning Fetxiye kurorti portida yonib ketdi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

27 metrli Queen Anna yaxtasida yong‘in 21-yanvar, payshanba tushga yaqin sodir bo‘ldi. Guvohlar ko‘z o‘ngida alanga kemani to‘liq qamrab oldi va uni yonidagi yaxtalarga o‘t ketmasligi uchun xavfsiz joyga olib o‘tildi. Shunday bo‘lsa-da, hodisa joyida bo‘lgan ikki yaxtaga biroz shikast yetdi.

Yong‘in oqibatida yaxta kapitani Vladimir Lopata jabrlandi va kasalxonaga yotqizildi. Kemaning alangalanish sabablari o‘rganilmoqda.

Boat International ma’lumotlariga ko‘ra, Queen Anna bahosi 4 million funt sterling (5,7 million dollar) bo‘lib, 2009-yilda qurilgan va sakkiz yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Всего комментариев: 1
avatar
1 Nurbek8243 • 06:26, 24 Янв 2016
Yomon bopti
avatar