Главная » 2016 » Август » 19

Twitter 235 mingta akkauntni terrorizmni targ‘ib qilgani uchun yopib qo‘ydi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(12:10)
  • 184
  • 0
2016-yil fevralidan buyon Twitter rahbariyati 235 mingta akkauntni ijtimoiy tarmoqning terrorizm targ‘iboti haqidagi qoidani buzgani uchun yopib qo‘ydi, deb yozadi “RBK” servis blogiga tayanib. Xabarda aytilishicha, har kuni bloklab qo‘yiladigan akkauntlar soni 80 foizdan ziyodga ko‘paygan. Ayniqsa, ko‘plab kanallar teraktlardan so‘ng darhol bloklanadi. So‘nggi yilda Twitter jami 360 mingta akkauntni yopib qo‘ygan. Twitter’dagilar, shuningdek, internetda terroristik mazmunni aniqlashning “mo‘jizaviy” algoritmi yo‘qligini ta’kidladi. Shu bilan birga, servis Twitter siyosati buzilishiga qarshi kurashda yordam beradigan boshqa texnologiyalarni qo‘llashda davom etmoqda.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar