Главная » 2015 » Август » 17

UEFA FIFAdan Platiniga nisbatan uyushtirilgan bo‘htonni tekshirishni talab qilmoqda


  • Admin
  • 17 Авг 2015(13:40)
  • 487
  • 0

Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi — UEFA FIFAdan uyushma rahbari Mishel Platiniga nisbatan tanqidiy maqola uyushtirilganligi ustidan tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

 

Platini FIFA kabi katta tashkilotni boshqarishga qodirligi shubha ostiga olingan, ammo muallifi ko‘rsatilmagan tanqidiy maqola turli tahririyatlarga FIFAning Syurixdagi shtab-kvartirasidan jo‘natilgan. UEFA bosh kotibi Janni Infantino FIFAdagi hamkasbi Jerom Valkega mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni so‘rab, murojaat etgan.

Xalqaro futbol tashkilotining o‘zida Platini bilan bog‘liq maqola atrofidagi shov-shuvlarga hozircha izoh berilmadi.

 

 

 

Теги: UEFA FIFAdan Platiniga nisbatan uyu

Всего комментариев: 0
avatar