Главная » 2015 » Июль » 28

Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik asirlar ukrainalik harbiylar bilan almashtirilganini rad etdi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:25)
  • 341
  • 0

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya bosh razvedka boshqarmasi maxsus xizmati jangchilari — kapitan Yevgeniy Yerofeyev va serjant Aleksandr Aleksandrov hozir ham Ukrainada ekanligini ma’lum qildi, debxabar bermoqda “Korrespondent.net”.

 

Ukraina xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Yelena Gitlyanskaya Rossiya matbuotida asirlar almashtirilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarni rad etib, asirga olingan rossiyalik razvedkachilar Ukrainada tergov yakunlanishini va sudni kutayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq, “Gazeta.ru” nashri Aleksandrov va Yerofeyev Donetsk va Lugansk “xalq respublikalari”da asirga tushgan ukrainalik harbiylarga almashtirilganini xabar qilgan edi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar