Главная » 2015 » Июль » 29

Ukrainaning Ujgorod shahrida qora tanli ayolni bolasi bilan avtobusdan tushirib yuborishdi


  • Admin
  • 29 Июл 2015(19:06)
  • 536
  • 0

Ukrainaning Ujgorod shahrida irq ajratish bilan bog‘liq janjal ko‘tarildi: qora tanli ayolni sakkiz oylik bolasi bilan avtobusdan tushirib yuborishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

 

Hodisa 25-iyul, shanba kuni Karpatortining Perechinsk avtovokzalida ro‘y berdi. Guvohlarning hikoya qilishicha, ayol o‘g‘li bilan avtobusga o‘tirmoqchi bo‘lgan, ammo yo‘lovchilar uni transportdan tushirib yuborib, buni videoga ham olgan. Shundan so‘ng avtobus haydovchisi militsiyani chaqiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Asi nomli 23 yoshli ayol olti oy avval tahlikali vaziyat tufayli Serra-Leonedan qochib kelgan, Ukrainada esa tegishli maqomni olish uchun vaqtincha istiqomat qilayotgan ekan.

 

 

 

Теги: Ukrainaning Ujgorod shahrida qora t

Всего комментариев: 0
avatar