Главная » 2016 » Февраль » 21

Ulug‘bek Qodirov o‘zini “ikki karra aldangan aktyor” deb ta’rifladi


  • News
  • 21 Фев 2016(15:56)
  • 890
  • 0
Aktyor Ulug‘bek Qodirov rejissor Jahongir Ahmedovning “Majnun” filmidagi bo‘rilar bilan bog‘liq sahnada yetarli darajada ehtiyot choralari ko‘rilmaganidan nolidi.

“‘Majnun’ filmiga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ssenariy, rejissura, operatorlik ishlari ko‘ngildagidek. Biroq aktyorni ikki karra aldash — kurakda turmaydigan ish. Hayotimni xavf ostiga qo‘yib, bo‘rilar bilan suratga tushganimga yarasha qandaydir xavfsizlik choralarini ko‘rish shart edi”, — dedi Ulug‘bek Qodirov.

“Ochig‘i, rejissor ‘aktyorga biror kor-hol bo‘lsa ham, film suratga olinib bo‘lingan-ku’, qabilida ish tutganidan qattiq ranjidim. Ertaga boshqa rejissorlarimiz ham ‘filmim zo‘r chiqsin’, deya timsohlar orasiga tashlab qo‘ymasa edi… Suratga olish ishlari tugagach esa rejissor qo‘ng‘iroq ham qilmadi. Bu munosabatni qanday tushunish kerak?”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor.

Avvalroq “Majnun” filmi rejissori Jahongir Ahmedov filmni suratga olish jarayonida Ulug‘bek Qodirov jonbozlik ko‘rsatgani, xavfli sahnalarda ham kaskadyorlardan voz kechgani haqida intervyu bergandi.
Всего комментариев: 0
avatar