Главная » 2015 » Февраль » 7

Ummon guruhi adminstratori yana o'zgardi!


  • Admin
  • 07 Фев 2015(15:05)
  • 1893
  • 0

Ummon guruhiga ma’murlik qilayotgan Anvar esa yaqindagina xonanda Jasur G‘oyipovga ma’murlik qilishga o‘tgani xaqida bildik. Ma’murlar to‘ydagi foizdan oylik olishini xisobga olsak, Jasur G‘oyipovnikidan "Ummon" guruxini to‘ylari ko‘pku va Anvarning tanlovi xatomasmikan degan fikr tug‘iladi.  Shoxrux (Ummon guruhi): -Anvar ketdi. Gaipovga. Urushmadik, shunchaki ishlay olmadik.    Sizlarga Zoxidning xolasi ma’murlik qilayotganidan xabardormiz. (Biroz avval "Ummon" guruxi ma’mur raqamidan shunday javob bo‘lgandi) Shoxrux (Ummon guruxi): - Yo‘q, bugun bitta bolani ishga oldik, Doniyor. Avval xechkimga ma’murlik qilmagan, sozandalar guruxida bo‘lgan. Jasur, "Ummon" guruhi ma’murini o‘zingizga yollabsiz...  Jasur Gaipov:-Yollaganim yo‘q, lekin u menda ishlayapti.  U o‘zi keldi, biz xechkimni nimagadur majbur qilmaymizku.    Jamshid Xojiniyozovchi?  Jasur Gaipov:- U xam menda ishlayapti. Bitta odam ulgurmayapti,  ko‘pchilik bo‘lsa zo‘r ish bo‘ladiku, effekt ko‘proq.    Adminlik to‘kis, nima balo sizda kuniga 8-ta "birrov" bormi? Jasur Gaipov:- 8-ta "birrov" endi boshlanadi.    Jasur shu bilan birga bugun "Yoningda bo‘lay" qo‘shig‘iga suratga olish ishlari bo‘lishi, yaqinda "Bolalar" guruxi bilan duet kuylashi va undan avval Masrur Usmonov bilan duetga rozi bo‘lmaganini xam aytib o‘tdi. "Yil qo‘shig‘i" taqdimotida uning "Yuragim" qo‘shig‘i xam nomzod sifatida qo‘yilgan ekanu, negadir marosimga bir kun qolganida Jasurni nomzodini olib tashlashibdi. Va albatta  uni sababidan Jasur bexabar. Xullas ma’murlar xonandalararo gastrolidan avval xam xabardor edik. Masalan eng shov-shuvli xolat bu Manzuraning ma’muri Sherbek   Rayxonga o‘tganida bo‘lgandi.  Balki xamma o‘ziga xos va mosni topganida ishlab ketar, nima bo‘lsa xam asosiysi o‘zaro xamkorlikdagi natija a’lo bo‘lsa xammaga yaxshi! Omad!

Всего комментариев: 0
avatar