Главная » 2015 » Август » 9

Urganch shahri “Yoshlar ko‘li”da yuz bergan baxtsiz hodisani o‘rganish uchun Hukumat komissiyasi tuzildi


  • News
  • 09 Авг 2015(21:30)
  • 8330
  • 0
2015-yil 8-avgust kuni Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Yoshlar ko‘li” madaniyat va istirohat bog‘ida kechki konsert vaqtida ko‘prik ustida ko‘p odam to‘planganligi tufayli ko‘prik yon panjaralarining bir qismi buzilib tushgan. Oqibatda ayrim tomoshabinlar ko‘lga tushib ketgan. Halok bo‘lganlar bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning topshirig‘iga binoan sodir bo‘lgan favqulodda hodisaning sabablarini puxta o‘rganish va aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Hukumat komissiyasi tomonidan bevosita voqea joyiga borib, halok bo‘lganlar oilalariga va jabrlangan shaxslarga ijtimoiy – moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, voqea tafsilotlari va sabablarini har tomonlama aniqlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar