Главная » 2016 » Август » 17

Urush Yamanga 14 milliard dollar zarar keltirdi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(15:28)
  • 174
  • 0
Yamanning urush oqibatidagi iqtisodiy yo‘qotishlari 14 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda Butunjahon banki, BMT, Yevropa Ittifoqi va Islom taraqqiyot banki tomonidan tayyorlangan hisobotda so‘z yuritiladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.“Hozirda mojaro allaqachon 7 milliardga yaqin zarar yetkazgan, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan iqtisodiy yo‘qotishlar esa yana 7,3 milliard dollarni tashkil etadi”, — deyiladi hisobotda. Hisobotda qayd etilishicha, barcha baholashlar nafaqat to‘liq emas, balki doimiy ravishda o‘sib bormoqda, chunki mojaro hamon davom etmoqda. Keltirilgan ma’lumotlar o‘tgan yilning oxiri va joriy yilning boshida aniqlangan. Yamandagi fuqarolik urushi 16 oydan buyon davom etmoqda va 6,5 mingdan ortiq odamni hayotdan olib ketdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar