Главная » 2015 » Июль » 25

Uyali telefonida diniy ekstremizmni targ‘ib etuvchi materiallarni O‘zbekistonga olib kirgan shaxs 6 yilga qamaldi


  • News
  • 25 Июл 2015(14:57)
  • 979
  • 0
O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxs 2014-yili Rossiyada ishlab yurgan vaqtida noma’lum kimsalardan diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib etuvchi materiallarni uyali aloqa telefoniga yuklab olib, vataniga qaytdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

U O‘zbekiston bojxona chegarasidan ushbu uyali telefonini yashirincha olib o‘tdi. Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining sa’y-harakatlari tufayli uning qilmishi fosh bo‘ldi. Nurota—Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan bu kimsaning uyali telefoni tekshirilganda undagi tasvirlar diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib etuvchi materiallar ekanligi aniqlandi.

Gazeta bergan xabariga ko‘ra, sud uning qilmishi uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar