Главная » 2015 » Сентябрь » 21

Vashingtonda “O‘zbek kinosi haftaligi” bo‘lib o‘tadi


  • News
  • 21 Сен 2015(22:53)
  • 322
  • 0
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi va Jorj Vashington nomidagi universitet hamkorligida 22—28-sentabr kunlari AQShning Vashington shahrida “O‘zbek kinosi haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentliti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kinohaftalik davomida o‘zbek kinematografiyasi oltin fondidan o‘rin olgan “Toshkent – non shahri” (rejissor Shuhrat Abbosov), shuningdek, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan turli yillarda suratga olingan “Dilxiroj” (Yusuf Roziqov), “Parizod” (Ayub Shahobiddinov), “Osmondagi bolalar” (Zulfiqor Musoqov), “Ota” (Abduxalil Mignorov) filmlari namoyish etiladi.

Mazkur madaniy tadbir doirasida “O‘zbekkino” mas’ullari hamda Shuhrat Abbosov va Ayub Shahobiddinov kabi o‘zbekistonlik taniqli kinoijodkorlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi AQShda bo‘ladi.

“O‘zbek kinosi haftaligi”da namoyish etiladigan barcha filmlar ingliz tilidagi subtitrlar bilan o‘zbek tilida tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Теги: Vashingtonda “O‘zbek kinosi haftali

Всего комментариев: 0
avatar