Главная » 2016 » Сентябрь » 8

Venetsiyada Jon Kennedining bevasi haqida Natali Portman ishtirokidagi film namoyish qilindi


  • Pro_eXclusive
  • 08 Сен 2016(16:40)
  • 324
  • 0
Chililik rejissor Pablo Larrainning Jaklin Kennedi haqidagi “Jeki” (Jackie) filmi premyerasi 73-Venetsiya kinofestivalining asosiy tanlov dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”. Beva qolgan AQSh birinchi xonimi rolini aktrisa Natali Portman o‘ynadi. Film Jekining o‘z turmush o‘rtog‘i — AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘limidan keyingi hayotining to‘rt kuni haqida hikoya qiladi. Kartinada barcha tafsilotlar — qon sachraganiga qaramay, u egnidan yechishdan bosh tortgan mashhur pushti Chanel libosi (Kennedining boshiga o‘q uzishganida, Jeki uning yonida, tomi ochiq avtomobilda o‘tirgan edi), u Avraam Linkolnnikidek tarzda o‘tkazishni istagan dafn marosimi va boshqalar yetarlicha aniqlikda aks ettirilgan. Rejissor filmga yanada haqqoniyroq tus berish uchun video va audioxronika kadrlaridan foydalandi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar