Главная » 2016 » Сентябрь » 16

Vertu o‘zining eng kuchli smartfonini taqdim etdi (foto)


  • Pro_eXclusive
  • 16 Сен 2016(09:30)
  • 825
  • 0
Vertu kompaniyasi Signature Touch lyuks lineykasidagi yangi model — Carbon Sport’ni taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Smartfon unchalik yuqori darajadagi xususiyatlarga ega bo‘lmasa-da, u baribir kompaniyaning barcha qurilmalari ichida eng kuchlisi bo‘ldi. Signature Touch Carbon Sport’ning orqa qismi buzoq terisidan yasalgan bo‘lib, to‘q sariq rangda va qora vertikal detallarga ega. Yonboshdagi romlar titandan yasalgan, dinamikni esa sopoldan yasalgan qism o‘rab turadi. Displeyni 130 karatli yaxlit yoqut panel himoya qiladi. Har bitta qurilma qo‘lda yig‘iladi.

Теги: Vertu o‘zining eng kuchli smartfoni

Всего комментариев: 0
avatar