Главная » 2015 » Июль » 25

Vladimir Klichko Leonardo Di Kaprioning oqshomida xotinisiz dam oldi


  • News
  • 25 Июл 2015(21:42)
  • 834
  • 0
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko taniqli aktyor Leonardo Di Kaprioning Fransiya janubidagi Sen-Trope shahrida bo‘lib o‘tgan xayriya oqshomida faxriy mehmon bo‘ldi.

Gollivudning 40 yoshli aktyori Leonardo Di Kaprioning xayriya oqshomida Keyt Xadson, Joan Kollinz, Silvestr Stallone, Orlando Blum, Edrian Broudi kabi Gollivud aktyorlari, Irina Sheyk, Natasha Poli, Naomi Kempbell, Xaydi Klum kabi modellar va hatto Monako knyazi Albert ham mehmon bo‘ldi.

Ukrainalik chempion Vladimir Klichko oqshomga turmush o‘rtog‘i Xayden Panettyerisiz keldi va o‘zini Gollivud aktyorlari, xususan, Silvestr Stallone bilan tanishmoqqa bag‘ishladi.

Oqshom mezboni Leonardo Di Kaprio xayriya kimoshdi savdosida o‘zining Rolex Daytona soati, Elton Jon bilan xos konsert uyushtirish imkoniyati, Madonnaning sayohat konsertlarini ichidan kuzatish imkoni va hatto Belizdagi shaxsiy orolidagi ekoqarorgohni sotdi.

Aktyorning do‘stlari ancha saxiy bo‘lib chiqdi — ularning yordami bilan 40 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plandi, mazkur pullar tabiat himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Всего комментариев: 0
avatar