Главная » 2015 » Октябрь » 16

Volkswagen Yevropadan 8,5 mlnga yaqin avtomobilni qaytarib oladi


  • News
  • 16 Окт 2015(09:22)
  • 488
  • 0
Volkswagen konserni Yevropa Ittifoqi hududidan dizel dvigatelli 8,5 millionga yaqin avtomobil qaytarib olinishini ma’lum qildi.

Oldinroq Germaniya rasmiylari konserndan 7-oktabrga qadar dizel dvigatelli mashinalardagi nuqsonlarni barataraf etish rejasini taqdim etishni talab qilgan edi. Germaniya transport va raqamli infrastruktura vaziri Aleksander Dobrindt Volkswagen mamlakat avtomobil transporti federal agentligiga Yevropadan 8,5 millionga yaqin mashina qaytarib olinishi ham ko‘zda tutilgan mazkur rejani topshirganini tasdiqladi.

Uning aytishicha, agentlik ushbu hujjatni o‘rganib chiqishi uchun ma’lum muddat talab etiladi. “Shundan so‘ng Volkswagen amalga oshirishi lozim bo‘lgan choralar bo‘yicha qaror qabul qilinadi va tegishli ko‘rsatma beriladi”, deya ta’kidlagan Dobrindt.

Eslatib o‘tamiz, konsern vakillari “dizelli mojaro” butun dunyo bo‘yicha 11 millionta avtomobilga taalluqli bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar