Главная » 2016 » Январь » 19

WhatsApp messenjeri tekin xizmat ko‘rsatishga qaror qildi


  • News
  • 19 Янв 2016(20:18)
  • 621
  • 0
Myunxendagi DLD konferensiyasida WhatsApp’ning asoschisi Yan Kum pullik obuna bo‘lish g‘oyasi samarali bo‘lmaganligini va kompaniya monetizatsiyaning yangi modelini qidirayotganligini ma’lum qildi.

Kumning ta’kidlashicha, bir dollardan iborat qiymat yuqori bo‘lmasa-da, ba’zi foydalanuvchilarda kredit kartadan foydalanish imkoniyati yo‘q.

WhatsApp monetizatsiya usullaridan biri sifatida to‘lovlarni messenjer orqali xabarlarni o‘zining mijozlariga tarqata oladigan kompaniya va tashkilotlardan (banklar, aviakompaniyalar va h.k) undirishni mo‘ljallamoqda.

WhatsApp messenjeri 2014-yilda Facebook tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingan edi. O‘shanda messenjer undan ikki yildan ortiq foydalanuvchilar uchun pullik bo‘lishi ma’lum qilingan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar