Главная » 2016 » Сентябрь » 4

Xiaomi quvvati 11,5 kungacha yetadigan aqlli soatini chiqardi


  • Pro_eXclusive
  • 04 Сен 2016(15:11)
  • 401
  • 0
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi Amazfit Watch aqlli soatini chiqardi, deb yozadi “Mobinfo.Birinchi Xiaomi aqlli soati suvdan himoyalangan aylana korpusga ega bo‘ldi. Gardishi tirnalmaydigan sopoldan yasalgan. Aqlli soatga 22 millimetr qalinlikdagi har qanday bog‘ich to‘g‘ri keladi. Amazfit Watch akkumulyatorining quvvati GPS yoniq turgan holatda 35 soatga, o‘rtacha faol foydalanganda 5 kunga, qadam o‘lchagich rejimida esa 11 kun-u 14 soatga yetadi. Qurilma 28 nanometrli texjarayon bo‘yicha tayyorlangan GPS-sensorga ega, shu tufayli smartfonga ulanmasdan turib, egasining qayerdaligini kuzata oladi. Soatga 1,34 dyuymli va 300×300 pikselli ekran, 512 Mb tezkor va 8 Gb ichki xotira, 200 mA/soat sig‘imli akkumulyator, GPS, akselerometr, giroskop va puls o‘lchagich o‘rnatilgan. Amazfit Watch Xitoyda 31-avgustdan sotila boshladi. Qurilma narxi — 799 yuan (taxminan 120 dollar).uz”. U Huami brendi ostida taqdim etilgan bo‘lib, bir marta olgan quvvati 11 kun-u 14 soatgacha yetadi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar