Главная » 2015 » Декабрь » 27

Xitoy “bir oilaga — bir farzand” siyosatini rasman bekor qildi


  • News
  • 27 Дек 2015(21:27)
  • 286
  • 0
Xitoyda “bir oilaga — bir farzand” siyosatini rasman bekor qiluvchi qonun qabul qilindi.

Qonun 2016-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Xitoydagi barcha oilalarga ikkita farzandli bo‘lishga ruxsat etiladi.

“Bir oilaga — bir farzand” siyosatidan voz kechish haqida Xitoy rahbariyati 2015-yil oktabr oyida birinchi marta ma’lum qilgandi.

Xitoy aholisining soni 1,3 milliarddan ortiq. Mamlakatda 70-yillardan boshlab “bir oilaga — bir farzand” siyosati yuritib kelinadi. Amalda mazkur qoida so‘nggi yillarda aholining uchdan biriga nisbatan qo‘llanilayotgan edi.

Mamlakatda faqat milliy ozchilik vakillariga (er-xotin o‘z ota-onalarining yagona farzandlari bo‘lsa), shuningdek, qishloq joylarda istiqomat qiladigan va birinchi farzandi qiz bo‘lgan ko‘plab oilalarga bittadan ortiq bola orttirishga ruxsat berilardi.

Xitoydagi tug‘ilishni cheklash siyosati oqibatida so‘nggi yillarda mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni qisqardi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar