Главная » 2015 » Сентябрь » 3

Xitoy o‘z harbiylari sonini 300 ming kishiga qisqartirishga va’da berdi


  • News
  • 03 Сен 2015(16:54)
  • 354
  • 0
Xitoy prezidenti Si Szinpin Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab Pekinda o‘tkazilgan parad vaqtida mamlakat armiyasi shaxsiy tarkibi 300 ming kishiga qisqartirilishini ma’lum qildi.

Si Szinpinnig mazkur bayonotini jamoatchilik gulduros qarsaklar bilan kutib oldi. Xitoy rahbarining alohida qayd etishicha, mamlakat har doim tinch rivojlanish yo‘lidan odimlashda davom etadi.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda Xitoy armiyasining shaxsiy tarkibi 2,3 million kishidan iborat bo‘lib, va’da qilingan qisqarish yuz berganidan keyin ham u jahondagi eng yirik armiya bo‘lib qolaveradi.

Manba: Daryo.uz

Теги: Xitoy o‘z harbiylari sonini 300 min

Всего комментариев: 0
avatar