Главная » 2015 » Октябрь » 22

Xitoy xoldingi YotaPhone’larni ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib oldi


  • News
  • 22 Окт 2015(19:18)
  • 401
  • 0
Xitoyning REX Global Entertainment xoldingi 100 million dollar evaziga smartfonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Yota Devices shirkatining 64,9 foiz aksiyasini sotib oldi.

Yota Devices bosh direktori Vladislav Martinovning “RBK”ga ma’lum qilishicha, Telconet Capital fondining egalari — Sergey Adonev va Albert Avdolyan Yota’dagi o‘z ulushlarini Xitoy xoldingiga sotgan.

Kompaniyaning qolgan ulushi avvalgi egalari — “Rostex” davlat korporatsiyasi (25,1 foiz) va kompaniya boshqaruv apparatida (10 foiz) qolmoqda. Kelishuv shartlariga ko‘ra, kompaniya aksiyadorlari REX Global’dan ularning ulushini to‘liq sotib olishni so‘rashga haqli.

Imzolangan shartnoma shartlariga ko‘ra, birinchi bosqichda REX Global smartfon ishlab chiqaruvchi Rossiya kompaniyasiga 50 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi, mazkur mablag‘lar “YotaPhone 3 va mahsulotlar qatorini ishlab chiqarish” uchun yo‘naltiriladi”.

Yota kompaniyasining sho‘basi — Yota Devices 2011-yili Vladislav Martinov va Denis Sverdlov tomonidan tashkil etilgan. 2013-yil oxirida kompaniya bozorga YotaPhone smartfonini chiqardi. 2014-yil dekabrida esa keyingi avlod — YotaPhone 2 sotuvga chiqdi.

YotaPhone qurilmalari Tayvanda yig‘iladi, shuning uchun ham aksariyat tanqidchilar bunday smartfonlar “Rossiyaniki” deb atalishga haqli emas, deb hisoblaydi. YotaPhone asoschilari esa bu fikrga mutlaqo qo‘shilmaydi.
Всего комментариев: 0
avatar