Главная » 2015 » Сентябрь » 25

Xitoyda iPhone 6s’ning 91 dollarlik nusxasi yaratildi


  • News
  • 25 Сен 2015(09:38)
  • 457
  • 0
Xitoyning Shenchjen shahrida iPhone 6s’ning to‘liq nusxasi bo‘lgan smartfon 91 dollardan sotuvga chiqdi.

iPhone 6s kabi, qurilma 4,7 dyuymli ekranga ega, uning o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishi esa Apple smartfonini to‘liq takrorlaydi. Shu bilan bir vaqtda u ko‘p jihatdan iOS’ga o‘xshab ketadigan launcherli Android operatsion tizimida ishlaydi.

Qalbaki smartfonga ARM Cortex protsessori, 1 GB tezkor va 4 GB ichki xotira, 13 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kamera, 2000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Qurilma originalidan 10 marta arzonroq, ya’ni 580 yuan yoki 91 dollar turadi.
Всего комментариев: 0
avatar