Главная » 2015 » Декабрь » 27

Xitoyda magnit yostiqchada harakatlanuvchi poyezdlar uchun tajriba temiryo‘li ishga tushirildi


  • News
  • 27 Дек 2015(16:57)
  • 239
  • 0
Xitoyning Xunan provinsiyasida xitoylik mutaxassislar tomonidan yaratilgan magnit yostiqcha (maglev)da harakatlanuvchi poyezdning yo‘li sinov tariqasida ishga tushirildi.

Temiryo‘lda uzunligi 48 metr bo‘lgan, uchta bo‘limdan iborat va 363 nafar yo‘lovchini tashiy oladigan poyezdlar qatnay boshlaydi. U soatiga 100 km tezlik bilan harakatlanishi mumkin.

Temiryo‘lni yaratish uchun bir kilometr yo‘lga 30 million dollarga yaqin mablag‘ sarflandi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning magnit yostiqchada harakatlanuvchi poyezdi tezlik bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgani xabar qilingan edi.

Теги: Xitoyda magnit yostiqchada harakatl

Всего комментариев: 0
avatar