Главная » 2015 » Октябрь » 22

Xitoyda muskullari haddan tashqari kuchli mutant-itlar yaratildi


  • News
  • 22 Окт 2015(19:23)
  • 959
  • 0
Guangchjoulik olimlar gen muhandisligiga murojaat qilib, mushaklari haddan tashqari kuchli it namunalarini olishdi.

Xitoylik mutaxassislar tarixda ilk bor tadqiqot davomida tajribaga jalb qilingan bigl zotiga mansub itlarning genlaridan biri yo‘q qildi, natijasida Gerkules va Tyangou laqabli itlarning mushaklari boshqa zotdoshlarniki nisbatan ikki barobar kuchayib ketdi. Bundan tashqari, mazkur jonivorlar yanada chidamliroq bo‘ldi.

Jonivorlarni kuchli qilish uchun olimlar ulardagi miostatin moddasi — mushak to‘qimalarining o‘sishini to‘xtatib turadigan oqsilni ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan genni olib tashladi. Bu genning yo‘q qilinishi amalda yog‘ to‘qimasining mutlaq yo‘q bo‘lgani holda quruq mushak yig‘indisining sezilarli ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Olimlar keyingi tadqiqotlar davomida itlarga, masalan, mushak distrofiyasi yoki Parkinson kasalligi kabi insonga xos xastaliklarni gen muhandisligi yordamida yuqtirishni rejalashtirmoqda.

Inson va itlarning anatomiyasi, fiziologiya va moddalar almashinuvi nisbatan o‘xshash bo‘lgani sabab, tadqiqotlar itlar yordamida mazkur kasalliklarning tabiatini yanada aniqroq tushunish va ularga qarshi kurashning yangi usullarini topishni maqsad qilgan.
Всего комментариев: 0
avatar