Главная » 2015 » Июль » 29

Xitoyda qalbaki iPhone ishlab chiqarayotgan yirik korxona yopildi


  • Admin
  • 29 Июл 2015(19:08)
  • 759
  • 0

Xitoy poytaxtida politsiya qalbaki iPhone tayyorlanadigan, oltita ishlab chiqarish liniyasida yuzlab ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan yirik korxonani yopdi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

 

Bu yerda umumiy qiymati 19 million dollar baholangan 40 mingdan ziyod aloqa vositasi yig‘ilgan. Politsiya 9 kishi, jumladan, “xizmat ko‘rsatish markazi” niqobi ostidagi korxonani boshqarayotgan er-xotinni ham qamoqqa oldi.
Tekshiruvlar  amerikalik ma’murlarning AQSh hududida soxta iPhone sotilayotgani haqidagi bayonotlaridan so‘ng boshlangan. Reyd davomida politsiya tomonidan 1400ga yaqin qo‘lbola smartfon musodara etilgan.

Всего комментариев: 0
avatar