Главная » 2015 » Июль » 13

Xitoyda Telegram inson huquqlari bo'yicha huquqshunoslarni qo'llab-quvvatlagani uchun to'sib qo'yildi


  • Admin
  • 13 Июл 2015(21:57)
  • 488
  • 0

Xitoy hududida Telegram messenjerining internet-versiyasi kompaniyaning Osiyo-Tinch okeanidagi serverlariga kiberhujum uyushtirilgandan keyin to'sib qo'yildi, deb xabar bermoqda Hong Kong Free Press nashri.

Telegram Xitoy bo'yicha tazyiqqa uchragan inson huquqlari bo'yicha xitoylik huquqshunoslarning sherigiga aylandi. Xitoyning People's Daily nashrining aytishicha, huquqshunoslar dasturdan “Kommunistik partiya va davlatga qarshi hujumlarni” muvofiqlashtirish uchun foydalanganlar. Shuningdek, Pekindagi Beijing Fengrui yuridik firmasining xodimlaridan biri Xitoy milliy televideniesida bunday hujumlarda Telegram ning professional xodimlari ishtirok etganini tan oldi.

Telegram’da xabarlarni jo'natgandan keyin biroz vaqtdan so'ng ularni o'chirib tashlash rejimi mavjud bo'lib, Yanminning aytishicha, firma “davlat xabardor bo'lishini istamagan”ligi uchun bu rejimdan foydalangan.

Всего комментариев: 0
avatar