Главная » 2015 » Сентябрь » 21

Xitoydagi uchrashuv vaqtida ishqibozlar futbolchiga qarata iPhone uloqtirdi


  • News
  • 21 Сен 2015(23:06)
  • 549
  • 0
Futbol bo‘yicha Xitoy chempionati doirasidagi “Shanxay Shenxua” va “Shandun Lunen” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qiziqarli hodisa yuz berdi.

Uchrashuvdagi vaziyatlarning birida, to‘p mezbon jamoa ishqibozlari joylashgan tribuna tomondan maydon tashqarisiga chiqib ketganidan so‘ng, ayni vaqtda “Shandun” sharafini himoya qilayotgan Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Tardelli maysalar ustidan iPhone smartfonini topib oldi.

“Modomiki, xitoylik futbol ishqibozlari maydonga shunday narsalarni uloqtirayotgan ekan, ularning aqllaridan ko‘ra pullari ko‘proq, degan mulohazaga borish mumkin”, — deb yozadi internet-nashr.

Теги: Xitoydagi uchrashuv vaqtida ishqibo

Всего комментариев: 0
avatar