Главная » 2015 » Ноябрь » 12

Xitoylik kelin-kuyov 99 999 ta chili qalampiridan hosil bo‘lgan gilamda unashtirildi


  • News
  • 12 Ноя 2015(09:22)
  • 583
  • 0
Xitoyning Sichuan viloyati fuqarosi o‘zining sevgilisi uchun salkam 100 ming qalampirli unashtiruv marosimini uyushtirdi.

Yigit 99 ming 999 dona chili qalampirli gilamda sevgan qizining qo‘lini so‘radi (9 raqami Xitoy tilida “bir umrga” so‘zi kabi jaranglaydi). Gilam uchun atirgul barglari emas, achchiq qalampirning tanlanishiga qizning chili qalampirli taomlarni xush ko‘rishi sabab bo‘ldi.

Qizil va yashil qalampirlardan hosil qilingan gilamda bezaklar ham bo‘lib, ulardan biri uy shaklidadir.

“Ko‘pchilik uy sotib olib, sevgan qizining qo‘lini so‘raydi. Men esa, boshlanishiga, uning sevimli taomidan bo‘lgan uyni sovg‘a qilishni istadim”, — deydi yigit. Qizga qalampirlardan yasalgan uy ma’qul keldi va u yigitga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi.
Всего комментариев: 0
avatar