Главная » 2015 » Октябрь » 15

Xitoyliklar iOS 9’ni birinchi bo‘lib “buzdi”


  • News
  • 15 Окт 2015(13:56)
  • 458
  • 0
Xitoylik ishlab chiquvchilardan tarkib topgan Pangu jamoasi iOS 9.0.2 uchun jeylbreyk yaratdi.

Pangu9’ni Windows operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlarga o‘rnatish mumkin. U iOS 9’da ishlaydigan iPhone, iPad va iPod Touch’ning barcha modellariga to‘g‘ri keladi.

Apple gadjetlari jeylbreyki bo‘yicha mutaxassislar Pangu9 haqiqatan ham iOS 9’ga buzib kirish imkonini berishini tasdiqladi.

Jeylbreyk — Apple korporatsiyasi tomonidan rasman qo‘llab-quvvatlanilmaydigan operatsiya bo‘lib, u iPhone, iPod yoki iPad fayl tizimiga kirish imkonini beradi. Buning yordamida qurilmaning imkoniyatlarini kengaytirish mumkin, masalan, begona manbalardan olingan dasturlarni o‘rnatish mumkin.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar