Главная » 2015 » Декабрь » 13

Xonanda Botir Qodirov: Jonli kuylashga imkoniyatim yetarli, biroq “Istiqlol” saroyining texnikasi talabimga javob bermaydi


  • News
  • 13 Дек 2015(17:34)
  • 850
  • 0
Xonanda Botir Qodirov noyabr oyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida nima uchun qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etganini izohladi.

Nashr muxbiri Botir Qodirovning jonli ijroda kuylash uchun ovoz imkoniyatlari yetarli ekanligini ta’kidlab, nima uchun konsertda qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etganiga qiziqqan.

“To‘g‘ri, ovoz imkoniyatlarim yetarli. Biroq “Istiqlol” san’at saroyining texnikasi mening talablarimga javob bermaydi”, — dedi Botir Qodirov.

“Bu borada hamma san’atkorning o‘z talabi va didi bor. Shuni aytishim mumkinki, xorijda bo‘lib o‘tadigan barcha konsertlarda jonli ijroda kuylayman”, — dedi xonanda.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar