Главная » 2016 » Февраль » 1

Xonanda Dilfuza Ismoilova 2016-yilda o‘g‘illari bilan birga “kimningdir g‘ashiga tegadigan” kliplar chiqaradi


  • voydodaxek
  • 01 Фев 2016(21:38)
  • 442
  • 0

Xonanda Dilfuza Ismoilova “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida nima uchun 2015-yilda kamnamo bo‘lgani sabablari va 2016-yilgi ijodiy rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

“To‘yga to‘y ulangani uchun tinimim yo‘q. Bir yilda yettita to‘y qildim. Uch farzandimning to‘yi, ikki nevaramga beshik to‘y, o‘zim katta qilgan singlimning bolasini va hayotda iqtisodiy qiynalib qolgan bir insonning farzandiga nikoh oqshomini savob uchun o‘tkazib berdim”, — dedi xonanda.

“Shuning uchun ham telekanallarda ko‘rinmadim, kliplarimni efirga berishga pul orttirolmadim, ochig‘i”, — dedi Dilfuza Ismoilova.

“2016-yilni shiddatli ijod bilan boshladim. Mana, endi tomoshabinlar Dilfuza Ismoilova va uning farzandlari — Sardor hamda Sarvarning kliplarini ketma-ket tomosha qiladi. Kimnidir quvnatadigan, kimningdir g‘ashiga tegadigan kliplarimizni ko‘rib o‘z baholarini berishadi”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Теги: Xonanda Dilfuza Ismoilova 2016-yild

Всего комментариев: 0
avatar