Главная » 2015 » Сентябрь » 19

Xonanda Dima Bilanning uyidagi o‘g‘rilik ishi yuzasidan qo‘shimcha ekspertizalar belgilandi


  • News
  • 19 Сен 2015(21:41)
  • 444
  • 0
Rossiyalik xonanda Dima Bilanning uyida yuz bergan o‘g‘rilik bo‘yicha qo‘shimcha ekspertizalar belgilandi.

Qayd etishlaricha, Rasskazovka qishlog‘idagi xususiy uyda yuz bergan o‘g‘rilik yuzasidan daktiloskopik ekspertiza o‘tkazilgan, qo‘shimcha ravishda ehtimoliy jinoyat quroli yuzasidan trassologik ekspertiza, jinoyat joyidan topilgan izlar bo‘yicha esa biologik ekspertiza o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Bundan tashqari, politsiya xodimlari kuzatuv kameralari yozuvlarini diqqat bilan o‘rganib chiqmoqda va zarur tezkor-qidiruv tadbirlarini olib bormoqda”, — deydi Moskva shahar ichki ishlar boshqarmasi vakili.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning ma’lum qilishicha, jinoyatchilar ichida pul bo‘lgan metall seyfni o‘g‘irlab ketgan. Mazkur o‘g‘rilikdan ko‘rilgan zarar miqdori 10,5 million rublga baholanmoqda.

Теги: Xonanda Dima Bilanning uyidagi o‘g‘

Всего комментариев: 0
avatar