Главная » 2015 » Декабрь » 24

Xonanda Gulbahor Erqulova: Gazeta muqovalarini Shahzoda, Rayhon, Lola kabi “qo‘g‘irchoq”lar bezab turishi shart emas


  • News
  • 24 Дек 2015(23:26)
  • 706
  • 0
zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Gulbahor Erqulova xususiy gazetalarning muqovalarini tanqid ostiga oldi.

“Avvallari gazetalarimiz muqovasida elimiz orasida hurmati bor, har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan, hatto suratini devorga osib qo‘yishga arziydigan san’atkorlar chiqardi. Bugun esa sal yoshi kattaroq san’atkor bo‘lsa, muqovaga yarashmasmish!”, — dedi xonanda.

“Nashrlarimizda birinchi betini Shahzoda, Rayhon kabi ‘qo‘g‘irchoq’lar bezab tursa, ishimiz yurishadi, degan bema’ni fikr shakllanib qolgan. Shaxsan men shundaylar bezagan gazeta olmasdim”, — dedi Gulbahor Erqulova.

“Bu bilan yoshlarni birinchi betga chiqarmang, demoqchi emasman. Misol uchun, Dilnoza Kubayeva singari aqlli, so‘zlarida ma’nosida bor san’atkorlar bo‘lsa, bemalol. O‘sha Shahzoda, Rayhon, Lolalar bizning darajamizdagi san’atkor bo‘lishi uchun, bilasizmi, necha yillar kerak?!”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova.
Всего комментариев: 0
avatar