Главная » 2015 » Ноябрь » 14

Xonanda Guli Asalxo‘jayeva ovozini yo‘qotgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi


  • News
  • 14 Ноя 2015(17:10)
  • 347
  • 0
Guli Asalxo‘jayevaning boshqa bir xonanda — Murod Manzur bilan duetda kuylagan “Sevgi farishtasi” qo‘shig‘i e’lon qilinganidan so‘ng, ovozi yo‘qolgani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi.

“Shunchaki, Murod Manzur qo‘shiqni o‘z ovoz tembrida, mustaqil ravishda kuylab, qo‘shiq tayyor bo‘lganidan so‘ng Gulini birga duet kuylashga taklif qildi, ya’ni, ushbu qo‘shiq ikki xonanda tomonidan bir vaqtda kuylanmagan”, — dedi Xo‘jayev.

Guli Asalxo‘jayevaning ma’muri so‘zlariga ko‘ra, xonanda qo‘shiqni o‘z ovoz tembrida emas, Murod Manzurning ovoz tembriga moslab kuylashga harakat qilgan. “Shuning uchun Gulining ijrosi biroz g‘alati chiqqan”, — deya qo‘shimcha qildi Xo‘jayev.

Теги: Xonanda Guli Asalxo‘jayeva ovozini

Всего комментариев: 0
avatar