Главная » 2016 » Январь » 19

Xonanda Kamillaning klipi ELLO kanalidagi eng yaxshi kliplar beshtaligiga kirdi


  • News
  • 19 Янв 2016(20:19)
  • 552
  • 0
Yosh xonanda Kamillaning “Illyuziya” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube’dagi mashhur ELLO kanali tomonidan tuzilgan haftaning eng ommabop 10 klipi xit-paradida 5-o‘rinni egalladi.

Xonanda ijodidagi ilk klip YouTube’da xit darajasiga ko‘tarilib, o‘zining ommabopligi bilan mashhur rossiyalik Polina Gagarina, Anastasiya Zadorojnaya, VIA Graning sobiq ishtirokchisi Tatyana Kotova kabi estrada yulduzlari tomonidan taqdim etilgan kliplarini ortda qoldirdi.

Kamillaning qo‘shig‘i ELLO kanalida 2015-yilning 27-dekabr kuni paydo bo‘lgan edi. Shu kungacha klipni 150 mingdan ortiq YouTube foydalanuvchilari tomosha qilgan.

Shuningdek, “Illyuziya” taronasi uchun ishlangan klip Estoniyaning ETV+ telekanali orqali ham uzatilgani ma’lum bo‘ldi. U Estoniyada mashhur “Kofe+” deb nomlangan ko‘rsatuv davomida taqdim etilgan.

Ta’kidlash joiz, “Kofe+” ko‘rsatuvi 2015-yilning sentabrida ilk bor efirga uzatilgan va bir hafta ichida 67 000 tomoshabinga ega bo‘lishga ulgurgan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar