Главная » 2015 » Ноябрь » 29

Xonanda Lola Ahmedova: Ijtimoiy tarmoqlar sabab, san’atkorlarga xavfli tahdidlar ko‘payib ketdi


  • News
  • 29 Ноя 2015(13:05)
  • 904
  • 0
Xonanda Lola Ahmedova ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi, biroq internetni suiiste’mol qilmaslik kerak, deb hisoblaydi.

“O‘zim Instagram va Facebook’dan foydalanaman. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomoni bilan birga salbiy tomonlari ham yo‘q emas. San’atkorlarga xavfli tahdidlar ko‘payib ketdi — shaxsiy suratlar va videolarni tarqatib yuborishlar… Bunday harakatlar hech qanday mezonga to‘g‘ri kelmaydi”, — deydi Lola Ahmedova.

“Beayb Parvardigor, hammada ham kamchilik bor. Birovning dardini doston qilish milliyligimizga zid, andishamiz, g‘ururimiz, mardligimiz qayerda qoldi?! Nimaga shular qolib, fitnalar bilan yashaydigan bo‘lib qoldik?”, — deb savol bilan murojaat qildi xonanda.

“Odam bir joyga borishga ham qo‘rqib qoldi — atrofingizda kameralar yo‘qmikin, deb xavotir olasiz. Kimdir bunga qarshi albatta kurashishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola Ahmedova.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar