Главная » 2015 » Декабрь » 6

Xonanda Munisa Rizayeva shou-biznesdan ketishi haqidagi gaplar sababini va “Instagram’dagi yigit”ning kimligini oshkor etdi


  • News
  • 06 Дек 2015(20:00)
  • 1032
  • 0
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zi tomonidan avvalroq aytilgan shou-biznesdan ketishi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.

“Uyimizga sovchilar kelib-ketib turganidan xabaringiz bor. Kuyovlikka nomzodlardan biri: ‘To‘yga chiqmaydi, qo‘shiq kuylamaydi’, — deb shart qo‘ygandi. San’atni tark etish haqidagi gaplarning boisi shu edi”, — dedi xonanda.

“Hozir men bilan taqdirini bog‘lash istagida bo‘lgan yigitning fikrini o‘zgartirishga harakat qilyapman. San’atdagi o‘rnimni topish oson bo‘lmagan, shuncha yo‘lni bosib o‘tib, endi qay yuz bilan tashlab ketaman”, — deydi xonanda.

Gazeta muxbirining “Siz aytayotgan ‘nomzod’ Instagram’dagi yigit emasmi, mobodo?”, — degan savoliga, Munisa Rizayeva shunday javob berdi: “Ha, xuddi o‘zi”.

2015-yil sentabrida xonanda o‘z intervyularining birida: “Balki kelasi yilni san’atni tashlayman. Bilmayman, ko‘ramiz”, — degandi.

Теги: Xonanda Munisa Rizayeva shou-biznes

Всего комментариев: 0
avatar