Главная » 2015 » Декабрь » 26

Xonanda Rayhon: 2016-yilda baxtiyor kunlarim ko‘p bo‘lishiga umid qilyapman


  • News
  • 26 Дек 2015(20:56)
  • 1206
  • 0
Xonanda Rayhon G‘aniyeva yakuniga yetayotgan 2015-yildan yorqin xotiralar qolayotganini ma’lum qildi.

“O‘tib borayotgan yilda yorqin xotiralarim qolayapti. Singlimni turmushga uzatdim, o‘g‘illarim bir yosh bo‘ldi. Yaqinlarimning baxtini ko‘rib, Yaratganga behisob shukronalar aytaman”, — dedi Rayhon.

“Ko‘zlarimni namlantirgan yoshlarda sevinch uchqunlari bor. Qani endi shu kunlarni volidam ham ko‘rganida… Kelayotgan 2016-yilda baxtiyor kunlarim ko‘p bo‘lishiga umid qilyapman”, — dedi xonanda.

“Umid… Uni hammaga, sog‘lik istagan, baxtini kutgan, ishida, oilasidagi muammosidan tashvishda bo‘lganlarga tilab qolaman. Umid bilan yashang, orzu qiling. Albatta, ularning amalga oshishiga ishoning!”, — dedi Rayhon.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012-yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo‘ldi. 2015-yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi.
Всего комментариев: 0
avatar