Главная » 2016 » Февраль » 21

Xonanda Rayhon o‘z konsertida sirk gimnastik harakatlarini bajaradi


  • News
  • 21 Фев 2016(15:34)
  • 579
  • 0
Xonanda Rayhon 2016-yilgi konsert dasturi bilan bog‘liq ba’zi yangiliklarni ma’lum qildi.

“Shou-dastur mayda detallardan tashkil topgan yirik loyiha hisoblanadi. Biz bugun barcha muammolarni bartaraf etish uchun ijodiy guruhimiz bilan sutkasiga salkam 24 soat tinim bilmay ishlayapmiz”, — dedi Rayhon.

“Konsert, bu — syurpriz. Agar hozir aytsam, u syurpriz bo‘lmay qoladi. Lekin bir sirni aytishim mumkin — uchta blokdan iborat dasturda o‘tgan yillardagiga o‘xshamagan sirk gimnastik harakatlarini bajaraman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, Rayhonning 2016-yilgi konsert dasturi 23—27-fevral kunlari Toshkent shahridagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
Всего комментариев: 0
avatar