Главная » 2015 » Ноябрь » 12

Xonanda Sardor Mamadaliyev rok yo‘nalishida qo‘shiq kuylamoqchi


  • News
  • 12 Ноя 2015(18:39)
  • 623
  • 0
Xonanda Sardor Mamadaliyev “o‘ziga qolsa” qo‘shiqchilik san’atining barcha yo‘nalishlarida kuylashni istaydi.

Xonandaning aytishicha, bir guruh muxlislari sho‘x, estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni, boshqa bir guruh esa klassik taronalarni yoqtiradi. “Turli yoshdagi muxlislarim borligi uchun ham muvozanatni ushlashga majburman”, — dedi Sardor Mamadaliyev.

“O‘zim rokka juda ham qiziqaman. Nasib etsa, bo‘lajak konsertimda rok aralashgan qo‘shiqlarni ham kuylayman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Sardor Mamadaliyevning “Men izlagan gul qayda” nomli konsert dasturi 15—17-noyabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar