Главная » 2015 » Декабрь » 30

Xonanda Shahzoda o‘zbekistonliklar tomonidan Google’da eng ko‘p qidirilgan shaxs bo‘ldi


  • News
  • 30 Дек 2015(19:50)
  • 1125
  • 0

Xonanda Shahzoda Google qidiruv tizimida o‘zbekistonliklar tomonidan eng ko‘p qidirilgan shaxs bo‘ldi. 

Google ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda eng ko‘p qo‘shiqchi Qayrat Nurtas, Qirg‘izistonda rossiyalik xonanda Timati, Tojikistonda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon, Turkmanistonda argentinalik futbolchi Lionel Messi, Afg‘onistonda esa portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu qidirilgan.

Umuman Google’da ismi eng ko‘p qidirilgan mashhurlar reytingida futbolchi Lionel Messi, amerikalik model Kim Kardashian, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu, amerikalik xonanda Niki Minaj, yana bir amerikalik xonanda Rianna peshqadamdir.

Avvalroq, “Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messi Google’da ismi eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar