Главная » 2015 » Август » 6

Xorazmda elektrovelosipedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi


  • News
  • 06 Авг 2015(12:15)
  • 1336
  • 0
Xorazmda yil boshidan buyon investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan “Qo‘shko‘pir texno impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan elektrovelosipedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Shu vaqt mobaynida 200 ta model yaratilib, ular sotuvga chiqdi. Elektrovelosipedlar zamonaviy akkumulyatorli batareyalar bilan ta’minlangan bo‘lib, kattalar va bolalar uchun mo‘ljallangan.

Elektrovelosipedlarga bo‘lgan talabning taklifdan oshib ketganligini hisobga olib, tashkilot yaqin kelajakda ishlab chiqarishni kengaytirish va shu orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni mo‘ljallamoqda.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar