Главная » 2015 » Июль » 22

Xorijda o‘zbekistonlik muhojirlar tomonidan tuzilgan ekstremistik guruh fosh etildi


  • News
  • 22 Июл 2015(09:32)
  • 1002
  • 0
Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xorijda o‘zbekistonlik muhojirlar tomonidan tuzilgan diniy guruh faoliyati fosh etilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Dilmurod ismli yigit xorijga ishlashga ketib, xorazmlik yigitlar orasida yashay boshlagan. Shodmon aka ismli kishi uni “do‘stlar” bilan tanishtirish uchun chaqirgan. Restoranlardan birida o‘ndan ortiq 20—40 yoshli erkak to‘planib, diniy masalalarni muhokama qilgan. Dilmurodga bu davra yoqib, ularning o‘tirishlarida muntazam ishtirok eta boshlagan. Yig‘ilishlardan birida Otabek ismli yigit Suriyadagi “birodarlar”ga yordam berish kerakligi, bu yo‘lda odam o‘ldirganlar shahid bo‘lishi va jannatga tushishi haqida gap boshlaydi. Shu sababli Dilmurod qandaydir noxushlikni sezadi.

O‘zbekistonda guruhning barcha vakillari qo‘lga olindi. Dilmurod ushbu tashkilot a’zosiga aylanib ulgurmagan bo‘lsa ham, ularning faoliyati haqida tegishli joyga o‘z vaqtida xabar bermagani tufayli jinoiy javobgarlikka tortildi.

Manba: Daryo.uz
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar