Главная » 2015 » Ноябрь » 26

Yakkabog‘lik aka-singil musiqachilar Italiyadagi tanlovda sovrindor bo‘ldi


  • News
  • 26 Ноя 2015(19:01)
  • 605
  • 1
Yakkabog‘lik aka-singil musiqachilar — Ahrorbek va Mohidil Nizomovlar Italiyada bo‘lib o‘tgan “Salom, Italiya!” xalqaro ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Tanlovda fortepyano yo‘nalishida qatnashgan Mohidil Nizomova Shopenning “Vals” asarini ijro etib, II darajali laureatlik diplomiga sazovor bo‘ldi

“Akam bilan birgalikdagi duet ijro — Yevropa va Osiyo bastakorlari yaratgan asarlardan parchalar ham barchaga manzur bo‘ldi va biz III darajali diplom bilan taqdirlandik”, — deydi Mohidil.

Qayd etishlaricha, aka-singil Nizomovlar 28-oktyabr — 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan tanlovning folklor raqslari yo‘nalishida ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etgan.
Всего комментариев: 1
avatar
1 dostonjon • 14:03, 30 Ноя 2015
Omad Vatandoshim men ham Yakkabogdanman faxrku bu
avatar