Главная » 2015 » Ноябрь » 11

“Yandeks” mustaqil ravishda yangiliklar yoza boshladi


  • News
  • 11 Ноя 2015(21:09)
  • 374
  • 0
Yo‘llardagi tirbandliklar, ob-havo va foydalanuvchilarning qiziqishlari to‘g‘risida avtomatik tarzda yangiliklarni shakllantiruvchi “Media uchun Yandeks” servisi ishga tushdi.

Internet kompaniya servisni avtomatlashtirilgan axborot agentligi sifatida tasniflab, yangiliklarni telekanal, radio va boshqa medialarga yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlar grafik, yugurib turuvchi satrlardagi matnlar, bildirishnomalar tasmasi yoki pochta xabarlari ko‘rinishida yetkazilishi mumkin.

Xabarlar avtomatik tarzda – “Yandeks.Tirbandliklar” va “Yandeks.Ob-havo” qidiruv natijalariga ko‘ra shakllanadi. “Yandeks” maxsus algoritmlar ko‘magida zarur kontentni topib, uni o‘zaro bog‘langan matnga aylantiradi. Bundan tashqari, blogda robot tomonidan yozilgan yangilik namunasi keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yandeks” OAV va media uchun maxsus axborot agentligini ishga tushirishi, ular uchun yangiliklarni robotlar tayyorlashi ma’lum qilingan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar