Главная » 2015 » Июль » 25

Yangi iPhone’ning zavoddan olingan fotosuratlari chiqdi


  • News
  • 25 Июл 2015(15:08)
  • 1162
  • 0
Apple’ning yangi smartfoni uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarayotgan zavoddan fotosuratlar e’lon qilindi. Fotosuratlar orasida iPhone 6S Plus’ning himoya oynalari bilan ta’minlangan old panelini ham ko‘rish mumkin.

Nashrning qayd etishicha, yangi smartfon bosish kuchini his qiladigan Force Touch texnologiyasi bilan ta’minlanishi hozircha aniq emas. Avvalroq bu texnologiya Apple Watch aqlli soati va so‘nggi MacBook noutbukida tatbiq etilgan edi.

Taqdim etilgan suratlarga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, iPhone 6S Plus’ning old tomoni iPhone 6 yoki iPhone 6 Plus’dan sezilarli farq qilmaydi. Smartfon ekrani himoyasi uchun sapfir oynasidan foydalanish masalasi ham ochiq turibdi. Taxminlarga ko‘ra, bu oyna bilan faqat 128 gigabaytli iPhone 6S Plus ta’minlanadi.

Manba: Daryo.uz

Теги: Yangi iPhone’ning zavoddan olingan

Всего комментариев: 0
avatar