Главная » 2016 » Сентябрь » 7

Yangi Kaledoniyada akula hujumidan avstraliyalik erkak halok bo‘ldi


  • Pro_eXclusive
  • 07 Сен 2016(15:10)
  • 540
  • 0
Avstraliyalik syorfingchi Yangi Kaledoniya plyajlaridan biri akvatoriyasida akula hujumi qurboniga aylandi. Bu haqda ABC telekompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. Kaytsyorfing bilan shug‘ullanayotgan erkak boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, suvga tushib ketgan va u yerda akula hujumiga uchragan. Yirtqich uni sonidan tishlab olgan. Uning yaqinidagi katamarandagi odamlar uni suvdan chiqarib, birinchi yordam ko‘rsatdi. Biroq jarohatning juda chuqurligi sababli u halok bo‘ldi. “Uni katta akula tishlab olgan, biroq akulaning turi bizga hozircha noma’lum”, — dedi mahalliy qutqaruv markazi rahbari Nikolas Reno. Halok bo‘lgan syorfingchining ismi oshkor etilmagan. Uning 50 yoshlar atrofida bo‘lganligi va G‘arbiy Avstraliya shtatida istiqomat qilganligi ma’lum. Bu Yangi Kaledoniyada akulalar hujumidan keyin o‘lim bilan yakunlangan joriy yildagi ikkinchi holatdir.
Всего комментариев: 0
avatar