Главная » 2015 » Ноябрь » 24

Yangi Samsung plansheti sotuvga chiqqanidan 3 hafta o‘tib, keskin arzonlashib ketdi


  • News
  • 24 Ноя 2015(08:49)
  • 434
  • 0

Samsung kompaniyasi AQShda yangi Galaxy View plansheti rasman sotila boshlaganidan uch hafta o‘tib, uning narxini pasaytirdi.

Bu Samsung uchun noodatiy qadam bo‘ldi, odatda kompaniya mahsulotlari bir necha oylar davomida boshlang‘ich narxini saqlab turardi, deb yozadi nashr.

Ulkan Galaxy View plansheti AQShda 100 dollarga yoki 17 foizga arzonlashdi, endi uni 499,99 dollarga sotib olish mumkin.

Galaxy View’ning texnik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 18,4 dyuymli, 1920×1080 pikselli TFT displey, chastotasi 1,6 GGs bo‘lgan sakkiz yadroli Exynos 7580 protsessori, 2 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, 2,1 megapikselli old kamera, 802.11ac’gacha bo‘lgan Wi-Fi. Akkumulyator sig‘imi 5700 mA/s, bu 8,5 soat davomida video ko‘rishga yetadi. Planshetning LTE modulli ko‘rinishi ham bor.

Теги: Yangi Samsung plansheti sotuvga chi, keskin arzonlashib ketdi

Всего комментариев: 0
avatar