Главная » 2015 » Июль » 16

Yaponiya parlamenti qo‘mitasi xorijda jangovar harakatlar olib borish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi


  • Admin
  • 16 Июл 2015(09:47)
  • 322
  • 0

Yaponiya parlamentining quyi palatasi maxsus qo‘mitasi ma’qullagan qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlarida xorijda jangovar harakatlarni olib borish imkoniyati tug‘iladi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Bosh vazir Sindzo Abe hukumati bunday o‘zgarishlar ayni paytdagi mavjud vaziyat, jumladan, tobora kuchayib borayotgan Xitoy omili tufayli kun tartibiga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Qonun loyihasini yoqlamayotganlar  esa bu holat Yaponiya konstitutsiyasiga zid ekanligi va mamlakatning butun dunyo bo‘ylab urush harakatlarida ishtirok eta boshlashiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Теги: Yaponiya parlamenti qo‘mitasi xorij

Всего комментариев: 0
avatar