Главная » 2015 » Декабрь » 3

Yaponiya robot texnikasining mashhur konstruktorlaridan biri, taniqli fazogir robot Kirobo’ning muallifi Tomotaka Tokiodagi iREX-2015 Xalqar


  • News
  • 03 Дек 2015(19:16)
  • 259
  • 0
“RoboFon” – bu telefonning yangi modeli, aniqrog‘i, telefonorobot bo‘lib, odatiy mobil telefon o‘lchamlaridagi kichkina odamchadir. U yura oladi, shuningdek, so‘zlashish va raqsga tushish qobiliyatiga ham ega.

“Biz to‘g‘ri burchakli buyum bilan gaplasha olmaymiz. Buning uchun psixologik to‘siq mavjud. Biroq buyum odamga o‘xshasa, u bilan so‘zlashish mumkin. Qanchalik ko‘p so‘zlashsang, shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘lasan”, — deydi ishlab chiqaruvchi.

“RoboFon” – bu sherik, suhbatdoshdir. U siz bilan suhbatlashishi, yuz berishi lozim bo‘lgan hodisa haqida eslatishi, sizga ma’qul keladigan restoranni tanlashi mumkin. Shu bilan birga u oddiy telefon hamdir. Uning orqa tomoni barcha an’anaviy funksiyalarga ega smartfon ekranidan iboratdir.

Yangi yilning ikkinchi yarmidan boshlab Yaponiyada “robofonlar” sotuvga chiqadi. Uning narxi hozircha ma’lum qilinmadi. Biroq uning odatdagi mobil telefonlardan qimmatroq bo‘lishi shubhasiz.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar